Jamiyat | 19:59 / 29.04.2016
7177
1 daqiqa o‘qiladi

Vogue jurnalining 100 yillik yubileyiga 100 yoshli model suratga tushdi

Britaniyalik Bo Gilbert Vogue jurnalining birinchi 100 yoshli modeliga aylandi. Bu haqda Mashable xabar tarqatdi.

Harvey Nichols tarmog‘i uchun olingan Gilbertning fotosessiyasi nashr sahifalarida chop etiladi.

Vogue jurnalining yuz yilligiga bag‘ishlangan soni 5 may kuni sotuvga chiqadi. Gilbert ishtirokidagi kompaniyaning maqsadi - omma e'tiborini jurnalning 100 yillik yubileyi va yoshga doir kamsitilish masalalariga qaratish.

Birminhemlik ayol moda kompaniyasi uchun birinchi marta suratga tushmoqda. Gilbert Valentino, Céline, Lanvin va Victoria Beckham kabi brendlarni namoyish etdi.