Light | 00:47 / 30.04.2016
11906
1 daqiqa o‘qiladi

Agarda kiygan libosingiz atrofdagi buyumlar bilan o‘xshash bo‘lsa qay ahvolga tushasiz?

Agarda biron bir kafeda siz o‘tirgan divanning rangi bilan hamohang kiyinib olganingizni sezib qolsangiz juda ham noqulay ahvolga tushib qolasiz. Bu hodisa sizga tanishmi? Mazkur suratlardagi insonlarda ham bunday kutilmagan vaziyatlar nafaqat divanlar, balki gilam, sumka va hattoki, poyezdlar bilan ham sodir bo‘lgan. Ba'zi bir shaxslarning buyumlar yoki jihozlarga o‘xshash kiyinishi Reddit tarmog‘ida «thingslikepeople» («Buyumlar odamlar kabi») deb nom olgan butun bir guruhning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. E'tiboringizga eng kulguli va bir-biriga juda o‘xshash misollarni havola etamiz.

Manba: xabardor.uz