Jamiyat | 17:50 / 02.05.2016
8140
5 daqiqa o‘qiladi

“Sochnaya dolina” aksiyasi g‘oliblari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Omad — unga ishonganlargagina kulib boqadi. Ayrimlar esa omad doim kuchlilar tomonida, deyishadi. Bu gapning nechog‘lik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini bilmadik-ku, ammo “Sochnaya dolina” tomonidan o‘tkazilgan promo aksiya ishtirokchilarining omadi keldi. Bundan kelib chiqadiki, ishonchi va sifat uyg‘unligi ham har bir insonga omad olib kelar ekan. Buni o‘z yutuqlarini qo‘lga kiritganlarning so‘zlaridan ham anglasa bo‘ladi.

“Sochnaya dolina” tomonidan turli xil yutuqlarga ega promo-aksiya o‘tqazilyapti. Ushbu aksiya uch bosqichli bo‘lib, uning birinchi bosqichi joriy yilning 1 martidan 9 apreliga qadar faollashtirilgan promo-kodlar ishtirok etdi va g‘oliblar 10 aprel kuni o‘z yutuqlarini qo‘lga kiritdi.

— Avvaliga ushbu aksiyada ishtirok etishga unchalik qiziqmadim. Aniqrog‘i, sovringa ega bo‘lishimizga, omadimiz kelishiga ishonmagan edim. Ammo 9 yashar nabiramning qiziqishi, uning omadga bo‘lgan ishonchini so‘ndirmaslik uchun aksiyada ishtirok etishga rozi bo‘ldim. Har kuni “Sochnaya dolina” sharbatini iste'mol qilib, qutida yashiringan kodlarni qisqa raqamlarga jo‘nataverdik. Nihoyat, “Sochnaya dolina”  kompaniyasi xodimlari qo‘ng‘iroq qilib, bizga g‘olib bo‘lganligimizni aytishdi. Shunday qilib aksiyaning 1 bosqichida g‘olib bo‘ldik va O‘zbekiston hududidagi dam olish maskanlarining biriga ikki kishilik yo‘llanmani yutib oldik. Nasib etsa, may oylarida ushbu dam olish maskaniga borishni mo‘ljallayapmiz, — deydi Qibray tumanilik g‘oliblardan biri Mashhura Abdurazzoqova. 

Mashhura Abdurazzoqova

Aktsiyada omadi kelgan yana bir g‘oliblardan biri, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Norbo‘tabek ko‘chasi 15-uyda yashovchi Mirzaboboyev Ma'rufjon esa shunday deydi: 
— Men tarkibida tabiiy va foydali vitaminlari borligi uchun  "Sochnaya dolina" sharbatini sotib ola boshladim. U bizga oilaviy manzur bo‘ldi.  Qolaversa, "Sochnaya dolina" tomonidan o‘tkazilayotgan aksiyada har kuni ishtirok etib, promo-kodlarni jo‘natib turibman. Aktsiyada ishtirok etish davomida men oshxona kombainini yutib oldim. Men omadimga ishonaman! Aktsiyada qatnashishda davom etib, sizga ham unda ishtirok etishni tavsiya etaman.

Mirzaboboyev Ma'rufjon

— "Sochna dolina" aksiyasi lotoreyadan farqli o‘laroq, qiziqarliligi, ishonchliligi bilan menga ma'qul bo‘ldi, — deydi Qo‘qon shahri, Beshariq tumani, "Kamolot" ko‘chasi 3-uyda istiqomad qiluvchi To‘xtasinova Diyora.  —  Ushbu aksiyada ishtirok etib, men Canon fotoapparatini yutib oldim.  Shu bois aksiyaning ishonchliligiga amin bo‘lgan holda, unda ishtirok etishni davom ettirmoqdaman. Siz ham ishtirok eting!

To‘xtasinova Diyora

Navoiy shahri, Karmana tumani, "Bahor" massivi, 5-uyda yashovchi Shahnoza Mahmudova esa "Sochna dolina" aksiyasida may oyidan boshlab ishtirok etib kelayotgani, aksiya davomida Artel televizorini yutib olgani, ayni damda promo-kodlarni jo‘natishda davom etayotgani haqida ma'lum qilib, bundan-da qimmatbaho sovg‘alarni yutishiga ishonishini ta'kidladi. 

Shahnoza Mahmudova

Namangan shahar, Dambox ko‘chasi 28, 8-uyda istiqomad qiluvchi Muxtorjon Xo‘jayev esa, “Sochnaya dolina” sharbatini birinchi marta iste'mol qilganida boshqa sharbatlarga nisbatan tabiiy mazasini his qilganligi, o‘sha kundan boshlab faqat “Sochnaya dolina” sharbatini iste'mol qilib kelayotganini bildirdi. Aktsiya o‘yinlari boshlanib, Blendr yutib olgan Muxtorjon Xo‘jayev aksiyaning haqqoniy davom etayotganidan xursand bo‘ldi. 

Muxtorjon Xo‘jayev

Shunday qilib promo aksiyaning ikkinchi bosqichida 10 apreldan 4 iyuniga qadar qatnashgan promo-kodlar ishtirok etadi va g‘oliblar nomi 5 iyunda e'lon qilinadi. 
Aktsiyaning mutlaq g‘oliblarini aniqlash va bosh sovrinini (Uy aksiyaning bosh sovrini bo‘lib, O‘zbekiston hududida doimiy ro‘yxatda bo‘lgan qatnashuvchilar uchun) topshirish marosimi 2016 yilning 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda 2016 yilning 1 mart kunidan boshlab, 2016 yilning 4 iyuniga qadar aksiya davomida faollashtirilgan barcha promo-kodlar ishtirok etadi. 
Promo-kodlarni faollashtirish 2016 yilning 1 mart kuni, 00:00 daqiqadan boshlab 2016 yilning 4 iyun kuni soat 23:59 daqiqagacha davom etadi. 
Bu galgi sovrin uchun uy va boshqa qimmatbaho sovrinlar qo‘yilgan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid