Uy sharoitida qonni tahlil qiluvchi qurilma ishlab chiqildi
Indiegogo saytida Sor deb nom olgan uy sharoitidagi qon tahlil moslamasi uchun moddiy mablag‘ to‘plash loyihasi muvaffaqiyatli davom etmoqda. Qurilma shifokor huzuriga bormasdan qondagi qand miqdori, xolesterin (LPVP, LPNP va umumiy daraja), fibrinogen va triglitserid ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida, insonga organizmdagi ko‘rsatkichlarni nazorat qilishi va salomatlikning yomonlashuviga olib keluvchi xavfli o‘zgarishlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishiga yordam beradi.
Taklif qilinayotgan uskuna-analizator smartfonlar uchun qon namunalarini to‘plovchi ignali kartrijdan tashkil topgan. Qon namunalari ko‘rsatkichiga ega kartrij joylashgan hisoblash qurilmasi bir necha daqiqadan so‘ng foydalanuvchiga mobil dastur orqali natijalarni yetkazadi. Cor o‘zining patentlangan vibratsiyali spektroskopik texnologiyasi (bu yerda uskuna ko‘rsatkichlari namunalarni qayta ishlaydi) yordamida olingan qon namunalarini tahlil qiladi.
Loyiha doirasida Cor qurilmasini avvaldan buyurtma bergan holda 199 dollarga sotib olish mumkin. Qurilma bilan birga haftada bir marta ishlatilganida 3 oyga yetadigan kartrijlar to‘plami ham taqdim etiladi.