Sport | 11:20 / 02.05.2016
5593
1 daqiqa o‘qiladi

«Valensiya» futbolchilari Onalar kuni munosabati bilan o‘z onalarini original usulda tabriklashdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 36-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘ynagan «Valensiya» futbolchilari Onalar kuni munosabati bilan «BMT-Ayollar» tashkiloti hamkorligida aksiya o‘tkazishdi.

Futbolchilar maydonga o‘z onalari familiyalari tushirilgan futbolkalarda tushib kelishgan.

As nashri e'lon qilgan suratlarda Denis Cherishev «Cherisheva»,  Pako Alkaser — «Garsiya», Alvaro Negredo — «Sanches», Daniel Parexo — «Munoz» yozuvli futbolkada ekani ko‘rinadi.

Bu orqali «Valensiya» «ayollarning futbol hamda jamiyatdagi muhim rolini tan olgan va har kuni butun dunyo bo‘ylab millionlab ayollarning keltiradigan qurbonliklari va jonkuyarliklari e'tirof etilgan».

Qayd etilishicha, Ispaniyada Onalar kuni may oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi.

Mavzuga oid