Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin O‘zbekiston bilan mahbuslarni almashish bo‘yicha bitim tuzish haqida farmoyish berdi
Rossiya va O‘zbekiston sudlangan shaxslarni almashish haqida shartnoma tuzadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Adliya vazirligiga hukumat taklifini qabul qilib, O‘zbekiston bilan sudlangan shaxslar bilan almashish haqida shartnoma tuzishga farmoyish berdi. Bu haqida Rossiya rasmiy huquqiy portalida e'lon qilingan.
“Adliya vazirligiga mazkur shartnoma loyihasiga hukumat tomonidan taklif qilingan, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmagan o‘zgarishlarni kiritish va O‘zbekiston tomoni bilan kelishuvga erishilgach, Rossiya nomidan uni imzolash topshirilsin”, — deyilgan hujjat matnida.
Bu kabi shartnomalar bir mamlakat fuqarosi boshqa mamlakatda jinoyat sodir qilib, o‘sha mamlakat sudi tomonidan qamoq jazosi belgilangan hollarda kuchga kiradi. Mamlakatlar kelishuviga asosan, jazolangan shaxs qamoq jazosini o‘z vatanida o‘tashi mumkin. Undan tashqari, jazolangan shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari iltimosiga binoan, jazoni o‘tash uchun u o‘z vataniga qaytarilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:56 / 27.02.2025
Reuters: Bashar Asad davrida mingdan ortiq suriyalik harbiy aerodrom hududida o‘ldirilgan
15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda
02:27 / 13.02.2025
Belarus uch nafar mahbusni ozod etdi. Ular orasida AQSh fuqarosi ham bor
22:19 / 12.02.2025