Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Tsrvena Zvezda" jamoasi muddatidan oldin Serbiya chempioni bo‘ldi
"Tsrvena Zvezda" futbol klubi Miodrag Bojovich bosh murabbiyligida muddatidan oldin Serbiya chempionatidagi g‘oliblikni rasmiylashtirdi. Bu jamoaning safarda "Vojdovats" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganidan keyin ro‘y berdi.
Ikkinchi bosqichning yakuniga 2 tur qolganida (pley-off shaklida) jamoa 33 uchrashuvdan 45 ochko jamg‘ardi va eng yaqin ta'qibchisi "Chukarichki" jamoasini 11 ochkoga ortda qoldirdi.
Shu tariqa, "Tsrvena Zvezda" milliy chempionatdagi 27-chempionlikka erishdi. Jamoa oxirgi marta 2013-14 yilgi mavsumda chempion bo‘lgandi.
Chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Bojovich o‘tgan yilning 1 iyunida jamoani qabul qilib olgandi. U o‘z vaqtida Rossiyaning "Dinamo" (Moskva), "Lokomotiv", "Amkar", "Rostov" va "Moskva" jamoalarida hamda Chernogoriya terma jamoasida ishlagan.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
16:03 / 17.04.2025