Jahon | 22:41 / 05.05.2016
10140
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning marhum prezidenti Jon Kennedi rashki tufayli rafiqasi ortidan Gretsiyada kuzatishni buyurgan 

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi maxfiy xizmatining sobiq agenti Klint Xill o‘zining yangi kitobida prezidentning shaxsan o‘zi rafiqasi Jaklin Kennedi ortidan uning Gretsiyaga 1961 yildagi safari davomida kuzatishni iltimos qilgan, chunki prezident rafiqasini gretsiyalik milliarder Aristotel Onassisga rashk qilgan, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Xillning aytishicha, Kennedi Oval kabinetda unga – Jaklin Kennedi qo‘riqchisiga antiqa vazifa, ya'ni safar davomida birinchi xonimning gretsiyalik milliarder bilan uchrashmasligi ortidan kuzatishini buyurgan, chunki Onassis ayollarga o‘chligi bilan mashhur bo‘lgan.

Xillning ta'kidlashicha, Kennedi gretsiyalik magnatga nisbatan vasvasa his qilgan, chunki u "birinchi xonimni albatta o‘ziga rom qilishga urinib ko‘radi", deb hisoblagan. 

Biroq bu voqeadan ikki yildan keyin Kennedi rafiqasiga yangi tug‘ilgan farzandi Patrikni yo‘qotgani sababli chekayotgan azoblarini yengillashtirish maqsadida grek bilan uning yaxtasida O‘rta Yer dengizida vaqt o‘tkazishga ijozat bergan.

Onassis Kennedining o‘limidan 5 yil o‘tib, 1968 yilda prezidentning bevasi Jaklin Buve Kennediga uylangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid