Jamiyat | 18:57 / 05.05.2016
4208
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyada kamyob o‘rdakni o‘ldirgan sayyohga 10 ming dollar jarima solindi

Yangi Zelandiyada sayohat qilib yurgan daniyalik sayyoh Rasmus Nilson tabiatda kam uchrovchi kamyob o‘rdak turini o‘ldirgani uchun 10 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi.

24 yashar Nilson mamlakatga uch oyga kelgan edi. U ov qilish maqsadida Janubiy Vestlendga yo‘l oldi va o‘rdaklarning noyob turi bo‘lmish moviyrang vayoni otib, o‘ldirib qo‘ydi.

Sayyohni yovvoiy fauna olamida kam uchrovchi parrandani o‘ldirishda va ruxsatsiz ov qilishda aybladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid