Fan-texnika | 00:27 / 05.05.2016
2499
1 daqiqa o‘qiladi

Takata Corp. AQShdagi avtomobillarda 40 mln tagacha xavfsizlik yostiqchalarini almashtiradi

Yaponiyaning xavfsizlik yostiqchalari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Takata Corp. AQShda yo‘llarda harakat xavfsizligi milliy boshqarmasi talablariga ko‘ra 35-40 mln ta xavfsizlik yostiqchalarini almashtiradi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri.

Almashtirish 2016 yil may oyidan 2019 yilning dekabr oyigacha 5 ta bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu xavfsizlik maqsadida AQShda eng katta ko‘lamdagi avtomobillarni ortga chaqirtirib olish bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, kompaniyaning mahsulotidagi nuqson tufayli AQShda 10 kishi halok bo‘lgan va 100 dan ortiq kishi jarohat olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid