Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSB yarim finali: Uzbek Tigers bokschilarining Cuba Domadores jamoasiga qarshi chiqadigan tarkibi ma'lum bo‘ldi
5-6 may kunlari Kuba poytaxti Havana shahridagi Coliseo Ciudad Deportiva saroyida Butunjahon boks seriyasi, ya'ni The World Series Boxing (WSB) oltinchi mavsumi doirasidagi yarim final uchrashuvi o‘tkaziladi.
Unda ushbu musobaqada ilk marotaba ishtirok etayotgan Uzbek Tigers (“O‘zbek yo‘lbarslari”) jamoasi Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi. Har ikki jamoa bosh murabbiylari ringga ko‘tariladigan bokschilar nomini e'lon qilishdi.
Yarim finalning ilk bahslari mahalliy vaqt bilan 5 may kuni soat 20:30da (Toshkent vaqti bilan 6 may kuni tonggi soat 05:30da) boshlanadi.
5 may kuni ringga ko‘tariladigan juftliklar:
49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Jaxanos Argilagos
56 kg: Murodjon Ahmadaliyev – Robeysi Romirez
64 kg: Fazliddin G‘oibnazarov – Gener Luis Oliva
75 kg: Ulugbek Haqberdiyev – Arlen Lopes
91 kg: Mirzabek Hasanov – Erislandi Savon
6 may kuni ringga ko‘tariladigan juftliklar:
52 kg: Abrorjon Qodirov – Eosbani Veytia
60 kg: Elnur Abduraimov – Estrada Alvarez
69 kg: Mahmud G‘oipov – Roniel Eglesias
81 kg: Shuhrat Abdullayev – Julio La Kruz
+91 kg: Mirzohidjon Abdullayev – Leniyer Pero Justiz
Agar ikki kunlik janglar yakunida hisob teng bo‘lib qolsa, unda g‘olib jamoani aniqlash uchun qo‘shimcha jang o‘tkaziladi. 52 kg. vazn toifasida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan jangda Ulug‘bek Do‘smurodov kubalik Armando Rabi Martinezga qarshi ringga ko‘tariladi.
Butunjahon boks seriyasi (WSB) VI mavsum ikkinchi yarim finalida turnirning amaldagi g‘olibi Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilari Buyuk Britaniyaning British Lionhearts jamoasiga qarshi jang o‘tkazadi.






Mavzuga oid
13:32 / 10.05.2025
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
09:15 / 15.01.2025
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
14:18 / 11.11.2024
Kubada blekaut sababli norozilik namoyishiga chiqqanlarga qarshi ish ochildi
09:00 / 24.10.2024