Fan-texnika | 16:03 / 06.05.2016
6018
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi birinchi egiluvchan golografik smartfon ishlab chiqildi

Kingstondagi (Ontario, Kanada) Kuins universiteti muhandislari HoloFlex smartfonining prototipini yaratishdi. Qurilmaning video taqdimoti Human Media Lab laboratoriyasining  YouTube’dagi sahifasiga joylashtirildi. Ma'lum bo‘lishicha, smartfonni ishlab chiqish jarayoni aynan shu laboratoriyada amalga oshirilgan. 

HoloFlex’da egiluvchan golografik displey mavjud bo‘lib, uning bir qatlamida yorug‘lik tarqatuvchi mikroskopik linza o‘rnatilgan. Shu tariqa ekranda bir vaqtning o‘zida bir qancha insonlar kuzatishi mumkin bo‘lgan stereoskopik suratlar paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda maxsus ko‘zoynaklar talab etilmaydi. Matritsa (o‘yma qolip) kengligi 1080p ni tashkil etadi, biroq linzalar tizimi tufayli u 160x104 pikselgacha pasayib ketadi.

Smartfonning egiluvchan displeyga ega boshqa gadjyetlardan farqi shundaki, HoloFlex ekran bukilishini buyruq vazifasida qabul qiladi. Misol uchun, foydalanuvchi smartfonni bukkan holda virtual obektlar o‘rtasidagi masofani o‘zgartirishi mumkin.