Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘ngilli haydovchilar faxriylar uchun Xotira va qadrlash kuni sharafiga o‘tkazilgan aksiyada ishtirok etdi
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” (Drivers.uz) guruhi harbiylarni “Nuroniy” jamg‘armasi tadbiriga olib borishda ko‘mak berdi.
"Nuroniy” faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Xotira va qadrlash kuni sharafiga 5 may kuni Toshkent viloyati “Do‘rmon bog‘i” restoranida tabdir tashkillashtirdi.
“Voditeli Tashkenta” guruhi tashabbus ko‘rsatdi va faxriylarni transport bilan ta'minlash taklifini berdi. Tadbirda 350 nafardan ortiq urush va mehnat faxriylari ishtirok etdi.
50 nafardan ortiq ko‘ngilli haydovchilar o‘z vazifalariga jiddiy yondashdi: sipo kiyimlarda, muhtaram yo‘lovchilar uchun harbiy yillar musiqalarini qo‘yib, mashinalarini yasatib kelishdi. Tadbirdan so‘ng haydovchilar faxriylarni uy-uylariga kuzatib qo‘yishdi.






Mavzuga oid
08:32 / 17.04.2025
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
15:16 / 06.03.2025
Rossiya rus harbiy attashesi chiqarib yuborilishiga javob qaytarishini bildirdi
14:47 / 25.02.2025
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi
13:15 / 11.01.2025