Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq budda ruhoniysi Britaniyada yaponcha bog‘ barpo qilish uchun 35 yil umrini sarfladi
Buyuk Britaniyaning Nottinghemshir grafligidan sobiq budda ruhoniysi xarobazorda an'anaviy yapon bog‘ini barpo etish uchun 35 yil umrini sarfladi. U ikki akr (Angliya va Shimoliy Amerikada 0,4047 gektarga teng yer o‘lchovi) yerni obodonlashtirgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
76 yoshli Budda Maytreya Britaniya iqlimiga ko‘nikib keta olgan olcha, bambuk daraxtlari va o‘simliklarni ko‘kartirgan. Shuningdek, u sun'iy hovuz yaratib, uni zog‘ora baliqlarga to‘ldirdi.
Nottinghemshirdagi o‘z bog‘ida yashovchi ruhoniy meditatsiya bilan shug‘ullanadi va choy marosimlarini o‘tkazadi.
Boqqa kirish narxi kattalar uchun 10 dollar, kichiklar uchun 5 dollardan belgilab qo‘yilgan.
Ushbu yaponiyalik Buyuk Britaniyaga Tailand, Nepal va Hindistonda yashagandan keyin o‘tgan asrning 80-yillarida kelib qolgan. U uy qurish uchun taxminan 18 ming dollar sarfladi. Ruhoniy bog‘ unga vatanini eslatib turishini istaydi.




Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025