Jahon | 09:12 / 09.05.2016
16383
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: bortida tanklar bo‘lgan Rossiya kemasi Suriyaga ketayotgani aniqlandi
Turkiya OAVi Suriyaga ketayotgan, bortida tanklar borligi ehtimol qilinayotgan Rossiya kemasi haqida xabar berdi. Rossiyaning KIL-158 kemasi Istanbuldagi bo‘g‘ozlarni o‘tib, Marmar dengizi tomon yo‘l olgan. Bu haqda Hurriyet turk gazetasi xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kema 8 mayda mahalliy vaqt bilan soat 8:30 larda payqalgan. Nashr, shuningdek, saytida Istanbul yonidan o‘tib ketayotgan kema tasvirlangan videorolikni ham chop etdi. Videoda kemaning nomini ko‘rish mumkin. Gazetaning ta'kidlashicha, kema palubasida niqob to‘ri ostida ikki tank bor bo‘lgan.
Kemani xavfsizlik choralariga muvofiq holda Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati kemasi va politsiya vertolyoti kuzatib borgan.