Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalarida madaniyat va san'at namoyondalari tomonidan o‘tkazilgan “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 2-7 may kunlari Surxondaryo viloyatining 1 ta shahar va 13 ta tumanida, ya'ni Termiz shahri, Termiz, Angor, Muzrobot, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Oltinsoy, Denov, Uzun, Sherobod, Boysun, Qiziriq va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 294 ta umumta'lim maktabida, 75 ta kasb-hunar kolleji va 4 ta akademik litseyida, 1 ta oliygohda, 8 ta madaniyat va aholi dam olish markazi, 3 ta madaniyat va istirohat bog‘ida, 10 ta harbiy qismlar (9206-sonli, 11506-sonli, 12-post, 49543-sonli, 9220-sonli, 7 va 8 postlar, 42278-sonli, 9221-sonli, 36691-sonli, 49509-sonli )da hamda Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon Tekstil”AJ korxonasi va Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da yuqori saviyada o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida yoshlarni vatanparvarlikka undovchi, tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrashga da'vat etuvchi, shuningdek g‘arazli g‘oyalar va turli kuchlarning jinoyatkorona harakatlarni fosh etuvchi 800 dan ziyod DVD disklarga yozilgan “Gumrohlar”, “Sotqin”, “Balli Kamoliddin!”, “Shunqorlar” “Odnokllasanik-ru”, “Ajal jodusi”, “Baron” kabi badiiy filmlar, “Kim edigu kim bo‘ldik” mavzusidagi rolik Termiz shahri, Termiz, Angor, Muzrobot, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sho‘rchi, Denov, Oltinsoy, Uzun, Sherobod, Boysun, Qiziriq va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 294 ta umumta'lim maktablarida, 1 ta “Mehribonlik uyi”da, 75 ta kasb-hunar kolleji va 4 ta akademik litseylarda, 1 ta oliygohda, 8 ta Termiz shahar, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Sariosiyo, Sho‘rchi va Uzun, Sherobod, Boysun va Qiziriq tumanlaridagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida tarqatilib, namoyish etildi.
Kun yakunida madaniyat va aholi dam olish markazlari va madaniyat va istiroxat bog‘larida madaniy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlariga 33 372 nafar uyushmagan aholi ishtiroki ta'minlandi.






Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025