Fan-texnika | 21:43 / 10.05.2016
21587
3 daqiqa o‘qiladi

iPhone’ning barcha modellari solishtirib ko‘rildi

2017 yilning 9 yanvarida birinchi  iPhone smartfoni ishlab chiqarilganining 10 yillik yubileyi  nishonlanadi.

Shuncha vaqt ichida Apple kompaniyasida juda ko‘p o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. EverythingApplePro videoblogi esa yillar oralig‘ida qurilmalarning ishlash tezligi va iPhone’ning yangi modellari qay darajada o‘zgarganini ko‘rsatib berishga qaror qildi. 

Tezlik bo‘yicha o‘tkazilgan sinovda oldinroq chiqarilgan smartfonlar hamda yangi iPhone SE ham ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, avvalgi modellar anchayin tezkor ishlashi aniqlandi. Qurilmalar quvvat olib, yoqilganida, eng birinchi bo‘lib, iPhone SE, keyin, iPhone 6s Plus va iPhone 6s ishga tushdi. Eng “keksa” smartfon iPhone 2G esa yettinchi bo‘lib yoqildi va kuchliroq qurilmalarni ham ortda qoldirdi. iPhone 4S esa barcha smartfonlardan keyin ishga tushgan.

Biroq birgina yoqilishning o‘zi smartfonlar ishlash tezligining obektiv harakat ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Bloger iPhone’ning barcha qurilmalarini Geekbench 3 testida sinovdan o‘tkazdi. Bir yadroli va ikki yadroli rejimdagi eng kuchli smartfon 2550/4445 natija bilan yangi iPhone SE bo‘lib chiqdi. iPhone 6s Plus - 2548/4423, iPhone 6s esa 2540/4398 balli ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu qurilmalar brauzer va HTML5 dagi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘tkazilgan testda eng yaxshi uchlikka kirgan edi. 

So‘nggi uchta flagman eng baland dinamikalarga egaligi ham aniqlandi. Unda ham yetakchilik iPhone SE (iPhone SE - 99.6 DB, iPhone 6s - 97.8 DB va iPhone 6s Plus - 98.4 DB) qurilmasiga nasib etdi. iPhone 4S esa autsayderga aylandi. Mazkur 13ta qurilma ishlashini kuzatib, ancha avvalgi modellar ravon ishlash bo‘yicha so‘nggi flagmanlardan uncha farq qilmasligiga guvoh bo‘lish mumkin.

Mavzuga oid