Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqimli video namoyish qilish dasturida namoyishlar bo‘yicha qidirish va dronlarni qo‘llab-quvvatlash paydo bo‘ladi
Oqimli video namoyish qilish dasturi Periscope’da yaqin orada namoyishlar bo‘yicha qidiruv, dronlardan video namoyish qilish va videoni bir kundan ko‘proq vaqt saqlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu haqda matbuot bayonotida ma'lum qilindi.
Namoyishlar bo‘yicha qidiruv teglar yordamida amalga oshiriladi. Strimer qidirishga namoyish mavzusini berishi mumkin, shundan keyin unga tegishli xeshteg qo‘shiladi. Teglar bo‘yicha qidirishdan tashqari, Periscope dasturi First Scope bo‘limidagi xizmat foydalanuvchilarining birinchi namoyishlarini, GoPro kameralari va dronlardan strimlarni (video va audio ketma-ketlik) tegishli bo‘limlarda saqlash imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda.
Strimlarni 24 soatdan ko‘proq vaqtga saqlash imkoniyati avvalroq e'lon qilingandi, biroq nomida #save xeshtegi bo‘lgan namoyishlargina saqlangandi. Endi esa barcha namoyishlar Periscope va tvitterda barcha izohlar va layklar bilan avtomatik ravishda saqlanadi. Foydalanuvchi agar istasa o‘z strimini o‘chirishi yoki sozlamalarda 24 soatdan keyin avtomatik o‘chirish funksiyasini yoqib qo‘yishi mumkin.



Mavzuga oid
14:58 / 01.09.2021
Dronda ovqat tashish va boshqalar: Yevropaning 2021 yilgi asosiy startaplari
19:45 / 09.02.2019
Germaniya hukumati dronlardan himoyalanish uchun yangi tizimlar sotib oladi
16:32 / 11.08.2018
O‘zbekiston suv xo‘jaligi tashkilotlari uchun dronlar sotib oladi
13:46 / 25.07.2018