Yelizaveta II “juda qo‘pol” xitoyliklardan ranjidi
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Britaniyaning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan rasmiylardan ranjiganini ma'lum qildi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.
Qirolicha ushbu izohni London politsiyasi rahbari Lyusi D'Orsi bilan suhbat chog‘ida ma'lum qildi. Ushbu suhbatni monarxning rasmiy operatori suratga olgan.
2015 yilda XXR rahbarining Britaniyaga tashrifi paytida D'Orsi xavfsizlikka mas'ul bo‘lganini bilgan Yelizaveta II unga: “O, sizga judayam qiyin bo‘lgan ekan”, - dedi.
“Ular bizning elchimiz bilan juda qo‘pol munosabatda bo‘lgan”, - dedi qirolicha Buyuk Britaniyaning XXRdagi elchisi Barbara Vudvordni nazarda tutib.
D'Orsi uning uchun Xitoy rahbarining tashrifi “juda og‘ir sinov” bo‘lganini bildirib qirolichaga arz qildi. Unga ko‘ra, xitoylik siyosatchilar “tashrif nihoyasiga yetgan”ini e'lon qilib, birdaniga D'Orsi va Vudvord oldidan “shartta ketib qolishgan”.
“Bo‘lishi mumkin emas”, - bildirdi qirolicha.
“Juda qo‘pol va madaniyatsizlarcha”, - qo‘shimcha qildi politsiya rahbari.