Jamiyat | 12:49 / 11.05.2016
19515
1 daqiqa o‘qiladi

Gulistondagi maktab o‘quvchilari Mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlangan aksiya o‘tkazdi

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahridagi 5-maktabda O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan «Biz buyuk yurt farzandlarimiz!» festivali doirasida fleshmob aksiyasi tashkil etildi.

Aktsiyada qatnashgan 70 nafar o‘quvchi mustaqillikning 25 yilligini ifodalash maqsadida «jonli» ravishda 25 raqamini hosil qilishgan.

Bundan oldinroq, «Kamolot» tashkilotining Namangan viloyati kengashi O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi bilan antiqa usulda tabriklagandi. O‘shanda qora rangli 10ta «Captiva» avtomobili orqali «25» raqami hosil qilingandi.

Shunga o‘xshash tadbirlar respublikaning barcha hududlari bo‘ylab davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda “bum”: “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!”