Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada masxaraboz namoyish vaqtida tomoshabinni nokaut qildi
Buyuk britaniyalik masxaraboz Ben Klouz namoyish vaqtida tomoshabin Ben Garnemni nokautga uchratdi. "Bi-bi-si" xabariga ko‘ra, bu hodisa Blekvuddagi Circus Zyair sirkida ro‘y bergan.
Garnem tomoshaga oilasi bilan kelgani aytilgan. Koulz uni arenaga taklif qilgan va u bilan birga tryuk bajarishni so‘ragan. Masxaraboz tomoshabin bilan birga o‘mbaloq oshmoqchi bo‘lgan va bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqqan.
Garnemni arenadan ko‘tarib olib chiqib ketishga to‘g‘ri kelgan.
"Yaxshiyamki omon qoldim. Men o‘lishim ham mumkin edi", deydi jabrlanuvchi.
Garnemning boshi tilingan, yuzi shishgan, unda bosh aylanishi qayd etilgan.
Tomoshabinlarning guvohlik berishicha, jabrlanuvchi masxarabozni bu voqea uchun ayblamagan, lekin uni arenadan ko‘tarib olib chiqishgani unga yoqmagan.
Mavzuga oid
11:48 / 20.06.2021
Video: Bektemir Meliqo‘ziyev nokautga uchradi
18:57 / 03.01.2019
MMA janglarining 2018 yildagi eng yaxshi nokauti aniqlandi
10:00 / 11.11.2018
Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi
23:15 / 05.11.2018