Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smarftonlar va planshetlar uchun egiluvchan tirgak gadjyet paydo bo‘ldi
Kickstarter maydonchasida foydalanuvchilarga smartfon va planshetlar bilan ishlashda qulaylik yaratuvchi yangi gadjyet paydo bo‘ldi. “SOSPENDO” egiluvchan tirgak gadjyeti foydalauvchilarga yangi juft qo‘llar vazifasini o‘taydi va qurilmani ko‘z oldimizda ushlab turishga imkon beradi. Aksessuar patentlangan maxsus alyumin quvuridan yasalgan bo‘lib, uni bo‘yin, bel yoki qo‘l, ya'ni foydalanuvchi uchun barcha qulay joylarga egib o‘rnatish mumkin.
SOSPENDO konstruksiyasining universalligi tufayli yurish va o‘tirish vaqtida videolar tomosha qilish, taom tayyorlash, yangi retseptlarini o‘rganish, videoqo‘ng‘iroq orqali suhbatlashish, xabarlar va kitoblar o‘qish, fotosuratlarni tomosha qilish mumkin. Qurilmaning GoPro ekshn-kameralarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan rusumi ham mavjud. Hozirgi kunda loyiha mualliflari gadjyetni ishlab chiqarish uchun mablag‘ to‘plashmoqda. Oldindan buyurtma berish 25 dollarga aylanadi.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi
12:38 / 11.03.2025