Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sabzavotlarni MDH davlatlaridan oladi
16 maydan kiritilishi taqiqlangan Turkiya meva va sabzavotlari o‘rni mahalliy mahsulotlar hamda MDH mamlakatlaridan amalga oshirilgan importlar orqali to‘ldiriladi. Bu haqda Rossiya Federal antimonopoliya xizmati kimyoviy sanoat boshqarmasi raisi Anna Mirocheninko so‘zlariga tayanib Sputnik xabar qildi.
12 may kuni Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati ("Rosselxoznadzor") rahbari Sergey Dankvert mahkama dushanbadan boshlab Rossiyaga Turkiyadan fitosanitar talablarning tizimli buzilishi tufayli ruxsat etilgan mahsulotlar ro‘yxatidagi barchasi – kabachki (qovoqning mayda, uzun turi), limon hamda greypfrutlar kiritilishini taqiqlash niyatida. Shu kundan latuk va “Aysberg” salat bargi kiritilishi ham man etiladi. Turkiyaning qator meva va sabzavotlari 1 yanvardayoq olib kirilishi taqiqlangan edi.
Rossiya Federatsiyasiga kiritilishi man etilgan meva va sabzavotlarning o‘rnini to‘ldirish to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan Mirochinenko shunday dedi: “Ayni paytda ayrim mahsulotlar o‘rnini bosish uchun chora-tadbirlar ko‘rilganini e'tirof etish lozim. Taqiqlangan mahsulotlarning o‘rnini to‘ldirish borasida zamonaviy davlat siyosati bir necha yo‘nalishlarda ish tutmoqda. Birinchidan, yangi yetkazib beruvchilar izlanmoqda, O‘zbekiston hamda boshqa MDH davlatlari bilan faol muzokaralar olib borilmoqda. Ikkinchidan, o‘zimizda meva va sabzavotlar yetishtirishni rivojlantirish”.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025