Sport | 22:01 / 14.05.2016
8954
1 daqiqa o‘qiladi

"Barselona" Ispaniya chempioni bo‘ldi

"Barselona" Ispaniya chempionatining joriy mavsumdagi oxirgi turida 0:3 hisobida "Granada"ni mag‘lub etib, chempionat g‘olibiga aylandi. Uchrashuvda Luis Suares xet-trik amalga oshirib, o‘zining joriy chempionatdagi gollari sonini 40 taga yetkazib qo‘ydi.
"Barsa" bu unvonga o‘z tarixida 24-marotaba va ketma-ket ikkinchi yil sazovor bo‘ldi.

"Real" esa mehmonda "Deportivo"ni 0:2 hisobida yutdi hamda 2-o‘rinni egalladi. "Qaymoqranglilar" safida gollarni 1-bo‘limda Krishtianu Ronaldu kiritdi. Portugal tanaffus paytida almashtirildi. 

Ispaniya Primerasi. 38-tur
Granada – Barselona – 0:3
Gollar: Suares, 22 (0:1); Suares, 38 (0:2); Suares, 86 (0:3).

Deportivo – Real Madrid – 0:2
Gollar: Ronaldu, 7 (0:1); Ronaldu, 25 (0:2).