Sport | 17:22 / 14.05.2016
12875
3 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari ko‘rish tavsiya etilayotgan futbol o‘yinlari TOP 5 ligi

Shunday qilib, futbol muxlislari e'tiboriga kelayotgan haftaning dam olish kunlari Yevropa futbol maydonlarida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar TOP beshtaligini havola qilamiz. Ularning qaybirini tomosha qilish borasida o‘zingiz xulosa qilib olaverasiz.

Demak, "Milan"-"Roma". Shanba, 23:45


Italiya chempionatida «Milan» ham «Roma» kabi jadvaldagi o‘rnini yaxshilashi mumkin. Buning uchun esa, «Sassuolo» va «Napoli» jamoalari ochko yo‘qotishlari lozim bo‘ladi. 

«Deportivo» – «Real Madrid» Shanba, 20:00

«Granada» – «Barselona»  Shanba 20:00


Ispaniya chempionatida aytish mumkinki, ikki azaliy raqibning ko‘rinmas jangi bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinlarning natijasi La Liga chempionligi uchun bahslarda juda muhim ahamiyat kasb etishini eslatib o‘tamiz.

"Zenit"-"Lokomotiv"   Yakshanba, 21:00

Rossiya professional futbol ligasida Sankt Peterburgning "Zenit" jamoasi Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun barcha raqiblarini birma-bir dog‘da qoldirib kelayotgan bo‘lsa, "Rostov" ham bo‘sh kelayotgani yo‘q. Ushbu turda "Zenit" Moskvaning "Lokomotiv" jamoasini qabul qiladi. Moskva jamoasi Peterburgdan 12 yil oldin g‘alaba bilan qaytgani e'tiborga olinsa, o‘yin saviyasini tasavvur qilish qiyin emas, albatta. 

Premer ligada esa Manchesterning ikki jamoasi, ta'bir joiz bo‘lsa Chempionlar ligasining yagona yo‘llanmasi uchun kurashishadi. 

«Manchester Yunayted» – «Bornmut» Yakshanba, 19:00


«Suonsi» – «Manchester Siti» Yakshanba 19:00)

Premer Liganing yana bir ashaddiy o‘yini "Stemford Brij" stadionida bo‘lib o‘tadi. "Chelsi" o‘z maydonida Liga kashfiyoti, chempioni "Lester"ni qabul qiladi. To‘g‘ri, «Chelsi» o‘z vakolatlarini topshirdi deyish mumkin. Ushbu o‘yin ramziy ma'noga ega deyishga shoshilmaslik lozim, axir londonliklar so‘nggi turni g‘alaba nashidasi bilan yakunlashni xohlamayotgan bo‘lishi mumkin emas. 

"Chelsi"-"Lester" Yakshanba 19:00