Fan-texnika | 19:33 / 16.05.2016
9545
3 daqiqa o‘qiladi

iPhone kabelini qanday tuzatish mumkin

Apple aksessuarlari har doim ham yuqori sifat va munosib bahoga ega bo‘lmaydi. Masalan, kompaniya qurilmalari uchun original kabellar juda tez ishdan chiqadi. Bugun biz ziyon yetgan simni qanday qutqarish va shu bilan birga mablag‘ tejash mumkinligi to‘g‘risida so‘z yuritamiz. 

Bugun biz ingichka Lightning hajmli iPhone simlariga to‘xtalamiz. Ma'lumki, ular har doim ham uzoq va sifatli ixzmat ko‘rsatmaydi. Afsuski, kompaniyaning Kupertinodan keluvchi qurilmasiga original bo‘lmagan aksessuarlarni qo‘llashdan himoya kiritilgan, shu bois simni saqlab qolish - asosiy vazifa.

Ta'mirlash uchun unga mos keluvchi diametrdagi eng oddiy issiqlik ta'sirida zichlashtirilgan trubaalardan foydalanish mumkin. 

Issiqlik ta'sirida zichlashtirilgan trubalar - bu simlar va boshqa elektron narsalar izolyatsiyasi uchun ichki diametri 1dan 110millimetrgacha bo‘lgan ingichka plastik trubalar. Issiqlik yuborilganda (zarur harorat 70dan 110 darajagacha bo‘lgan haroratni tashkil qiladi), truba taxminan ikki marta siqiladi. Isigandan keyin termozichlashgan truba original simning barcha chiziqlarini to‘liq qaytaradi. U uzilishlarsiz imkon qadar mustahkam o‘rnashadi, diametrni qanchalik to‘g‘ri mo‘ljallasa, shunchalik mahkam biriktiriladi. 

Suratda 6 millimetr diametrli termozichlashgan truba ko‘rsatilgan.

Kerakli uzunlikdagi truba bo‘lagini kesib olamiz (ya'ni simning boshlangan joyidan to izolyatsiyaga ziyon yetgan joyigacha 1 santimetr zaxirasi bilan). Trubani ehtiyotkorlik bilan ulagichga kiydiramiz, qo‘l va izolenta bilan mahkamlaymiz.

Shundan so‘ng istalgan issiq predmet ustida isitamiz: elektrik konforka yoki gaz plitasi va h.k. Ehtiyot bo‘ling: termozichlashgan material xuddi sim kabi yuqori haroratni va ochiq olovni yoqtirmaydi. Olovdan ko‘tarilayotgan issiq haroratning o‘zi yetarli. Natijada qayta ta'mirlangan kabelga ega bo‘lamiz.