Jamiyat | 12:33 / 17.05.2016
37328
1 daqiqa o‘qiladi
Aktrisa Gulchehra Eshonqulova farzand kutyapti
Gulchehra Eshonqulovaning Turkiyaning Istanbul shahrida o‘qib, istiqomat qilayotganidan xabaringiz bor. Kuni kecha u o‘zining instagramdagi sahifasi orqali joylashtirgan suratlardan aktrisaning homiladorligi ma'lum bo‘ldi.
Suratlarning birida esa o‘zbek milliy taomlaridan biri bo‘lgan oshni maqtab, faxr tuyg‘usini tuygani kishida yoqimli taassurot uyg‘otadi.
Gulchehra Eshonqulova: “O‘zbekistonni butun dunyoga tanitgan o‘zbek paloviga tasanno. Shuncha millat vakillari orasida o‘zbegimning shoxona palovi savlat to‘kib turibdi. Mehmondo‘stlik uchun o‘zbek palovi tanlab olingani bizga faxr tuyg‘usini ulashdi”.