Jamiyat | 00:41 / 17.05.2016
12101
1 daqiqa o‘qiladi

"Yevrovideniye" g‘olibi Jamala Ukraina xalq artisti bo‘ldi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko "Yevrovideniye-2016" g‘olibi bo‘lgan qo‘shiqchi Jamalaga Ukraina xalq artisti unvonini berdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda.

Ukraina prezidenti Jamalaning g‘alabasi butun ukrain xalqi va xususan qrim tatarlar uchun muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlab o‘tdi.