Jamiyat | 19:58 / 18.05.2016
8709
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda mushuk va soqolli kaltakesak do‘stlashdi

AQShda mushuk Beybi va soqolli kaltakesak Charlz do‘stlashishdi, deb xabar bermoqda Daily Mail. Jonivorlarning egas, Pensilvaniya shtatida yashovchi ayol Shayyenn Marchning aytishicha, ularning do‘stligi butun internet tarmog‘ini lol qoldirgan.

Beybi va Charlz to‘qqiz oy muqaddam do‘stlashishgan edi. Mushuk va kaltakesak ajralmas do‘stlar bo‘lishgan: ular ko‘chada birga sayr etishadi, derazadan sakrashadi, tez-tez quchoqlashib turishadi.

 «Ularning shunchalik do‘stlashib ketishi, sirasini aytganda syurpriz», – dedi jonivorlarning xo‘jayini.