Instagram olamida nima gap?
Instagram sahifasi orqali ko‘plab san'atkor va ijod ahlining nima bilan bandligini kuzatib borish maroqli. Ayniqsa, instagram san'atkorlar haqida har daqiqada bilib turishni istaydigan ashaddiy muxlislar hayotining bir bo‘lagiga aylanib qoldi, desak adashmaymiz. Shu bois ijtimoiy tarmoqda har bir daqiqasini bo‘lishayotgan san'atkorlar haqida qisman ma'lumot berib borishga ahd qildik.
Demak, instagram olamida!
Manzuraniing “imij”i ayovsiz tanqidga uchradi
Kuni kecha xonanda Manzura instagramdagi sahifasida yangi surat joylashtirdi. Surat sabab Manzura muxlislarning ayovsiz tanqidiga uchradi. Kimdir xonandaning san'atiga e'tibor berish kerakligi, xonanda shu ko‘rinishida go‘zalligini aytib o‘tgan bo‘lsa, ayrimlar uning bu yangi “imij”ini masxaralagan. Achinarlisi, muxlislar o‘rtasida kechgan bahslar orasida Manzuraga atalgan haqoratli so‘zlarni ham uchratamiz.
O‘ziga nisbatan bildirilgan salbiy fikrlarga xonanda javob qaytarmagan.
Lola Yo‘ldosheva boshqa bir ijtimoiy tarmoqdan sahifa ochganini ma'lum qildi
Xonanda Lola Yo‘ldosheva instagramdagi o‘z sahifasi orqali boshqa bir ijtimoiy tarmoqdan ro‘yhatan o‘tganini muxlislarga ma'lum qildi.
Lola Yo‘ldosheva: “Do‘stlar, nihoyat ‘VKontakte’ tarmog‘idan ro‘yxatdan o‘tdim. A'zo bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘lib boring.
Umidaxon bolaligidagi suratlarini muxlislarga taqdim etdi
Yosh xonanda Umidaxon instagramdagi sahifasi orqali bolalikda tushgan suratlarini taqdim etdi. 1-cinfligida tushgan surat ostiga sinfdoshlari, birinchi o‘qituvchisini eslab izoh qoldirgan bo‘lsa, galdagi surat ostida “Bolaligim seni sog‘indim”, deya izoh qoldirgan.
Har ikki suratlardagi bolakaylar orasidan Umidaxonni topa olasizmi?
Bunaqasi bo‘lmagan! Juma kuni Obid Asomovning hovuzida nilufar gulladi!
Juma kuni instagramdagi sahifasida hovuzida gullagan pushti rangli nilufarnining suratini joylashtirgan qiziqchi quvonchini yashirolmadi.
Surat ostiga esa quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:
“Bugun ertalabdan xuddi tanga topgan jinnidek xursandman. Hovuzimdagi nilufar gulladi! Mendan baxtli odam yo‘q! Haqiqatan baxtli bo‘lishi uchun ko‘p narsa kerak emas. Hammamizga juma muborak bo‘lsin. Sen dunyoga kulib qarasang dunyo ham senga kuladi!!!”
Muxlislardan biri esa nilufar guli hammaning ham hovuzida ochilavermasligini aytib, bunga Obid Asomovning hayvonot va nabotot dunyosiga yaqinligini sabab qilib izoh qoldirgan.