Jamiyat | 14:59 / 19.05.2016
16470
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston dunyodagi "eng choyxo‘r" mamlakat sifatida tan olindi

Euromonitor International o‘tkazgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonning aksariyat aholisi choyni ma'qul ko‘radi. Bu haqda The Independent xabar bergan.

O‘zbekiston aholisining 99,6 foizi choyni tanlaydi, Gvatemalada esa 99,6 foiz aholi doimiy ravishda qahva ichadi. 

Ushbu ma'lumotlar "Choy yoki qahva? Qaysi mamlakat nimani tanlaydi?" tadqiqotidan olingan. 

Choyni sevib iste'mol qiluvchi mamlakatlar qatoriga O‘zbekistondan tashqari yana Keniya (99,2 foiz), Ozarbayjon (99,1 foiz), Pokiston (99 foiz), Xitoy (98,9 foiz) va Misr (98,5 foiz) davlatlari kirgan. 

Qahvani sevib iste'mol qiluvchi davlatlar qatoridan esa Dominikan Respublikasi (99 foiz), Braziliya va Ekvador (97,4 foiz), Gretsiya (96,8 foiz), shuningdek Daniya (92,2 foiz) o‘rin olgan. 

Rossiyada 77,5 foiz aholi choyni tanlagan, 22,5 foizi esa - qahvani. Buyuk Britaniyada choysevarlar Rossiyadagidan ko‘proq bo‘lib, ular aholining 78,4 foizini tashkil etadi. Estoniya va Polshada choy va qahvasevarlar teng taqsimlangan.