Fan-texnika | 19:21 / 20.05.2016
8750
2 daqiqa o‘qiladi

Stenford universiteti bitiruvchilari  qo‘lda yozilgan misollarning yechimini topuvchi bepul ilova yaratishdi

Nyu-Yorkning Mathpix kompaniyasi iOS uchun  qo‘lda yozilgan tenglamalarning yechimini topuvchi va ularning grafigini tuzuvchi bepul ilova yaratishdi. Bu dasturga Motherboard portali diqqat qaratdi

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Mathpix - smartfon kamerasi yordamida qog‘ozda yozilgan aksariyat matematik misollarning yechimini topa oluvchi ilk ilova.
Barcha hisob-kitoblar Mathpix serverlarida amalga oshiriladi, shuning uchun sun'iy intellekt foydalanuvchilar ma'lumotlari asosida doimiy tarzda mukammallashib boradi.

Murakkab masalalarni tahlil qilishda tizim hattoki matematik harakatlar ketma-ketligini ko‘rsatib beradi, oddiy tenglamalarda esa biryo‘la so‘nggi javobni chiqaradi.

"Matematik hisob-kitoblarni kompyuterga kiritish juda qiyin, shuning uchun men bu masalani yengillashtirishga qaror qildim. Nikolas Ximenes, Mathpix ilg‘or ishlab chiqaruvchi".

Tekshiruv paytida TJ dastur kasr va integralli matnni hech qanday muammosiz topishga muvaffaq bo‘ldi, biroq tenglama tizimini yecha olmadi. 
Mathpix mualliflari ishontirishlariga qaramasdan, ular yaratgan yangi ilovaning analogi mavjud - masalan, 2014 yilda chiqqan  Photomath dasturi. Biroq u tashqi serverlarni qo‘llamay ishlagan va ko‘pincha masalalarni topish va yechishda xatolarga yo‘l qo‘ygan, shuningdek pulli funksiyalari ham bo‘lgan.