Fan-texnika | 19:39 / 20.05.2016
18717
2 daqiqa o‘qiladi

Zamonaviy oilalar uchun yangi velosiped-aravacha

Isroilning  Taga bikes kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bolalar aravachasiga ega velosipedning yangi talqini Kickstarter’da kutilmagan muvaffaqiyatga erishdi – bor-yo‘g‘i bir necha kun ichida bu ixtiro million dollardan ortiq investitsiya to‘play oldi. Taga 2.0 mualliflari velosiped oilalar va bolalarga yoqishi uchun astoydil harakat qilishgan. Uch g‘ildirakli model tezda yig‘iladi va mashina yukxonasiga ham sig‘ishi mumkin. Aravacha ichida ikkita bola uchun o‘rin mavjud, shuningdek, bu belanchakdan haridlarni olib yurish uchun foydalanasa ham bo‘ladi. Faqat joylashtiriladigan yuklarning maksimal og‘irligi 70 kilogrammdan oshmasligi kerak. 

Ishlab chiqaruvchilar alohida narxga sotib olsa bo‘ladigan  maxsus aksessuarlarning keng to‘plamini ham taqdim etishmoqda. Masalan, bolalarni quyosh va yomg‘irdan himoya qiluvchi katta choyshab, butilka, chashka, smartfon va boshqa buyumlar uchun universal tutqich, yosh bolalar uchun xavfsizlik kamariga ega  avtomobil kreslosi, modulli yig‘ma bolalar o‘rindig‘i va boshqa ko‘plab jihozlar. 

Taga 2.0 klassik talqinini avvaldan buyurtma berish orqali 649 dollarga sotib olish mumkin. Elektron talqindagi velosiped narxi esa 1199 dollar qilib belgilangan.