Jahon | 11:03 / 23.05.2016
5117
1 daqiqa o‘qiladi
Hindiston o‘zi ishlab chiqargan raketasini muvaffaqiyatli tarzda uchirdi
Hindistonda milliy mahsulot hisoblanadigan, ko‘p marta foydalansa bo‘ladigan raketa tashuvchi muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Bu haqda NDTV xabar qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, RLV-TD nomli raketa Andxra-Pradesh shtati Shrixarikota kosmodromidan Toshkent vaqti bilan soat 6:30 da uchirilgan. Raketa uchirilganidan 20 daqiqa o‘tgach, uning parvozi muvaffaqiyatli deb tan olindi.
Raketa qurilishiga 600 nafar hind olimlari 5 yil vaqt sarfladi. Uning qiymati 1,4 million dollarni tashkil etdi. Raketaning uzunligi - 6,5 metr, og‘irligi 1,75 tonna.