Light | 21:38 / 23.05.2016
8800
2 daqiqa o‘qiladi

Pondlife: Instagramda mikroorganizmlar hayoti bilan tanishing

Mikrobiolog Selli Uorring instagramda Rondlife deb nomlangan blogni yuritadi. Mazkur blog Nyu-York suv havzalaridagi mikroorganizmlarga bag‘ishlangan. Selli barcha suratlarni mikroskop va iPhone yordamida 100, 400 yoki 1000 marta kattalashtirgan holda tasvirga oladi.

Selli Yangi Zelandiyada tavallud topgan va Melburn universitetida tahsil olgan. Ayni damda Nyu-York universitetining biologiya fani bo‘yicha doktorlik darajasini olish ustida mehnat qilmoqda. 

Uning ta'limga yo‘naltirilgan blogiga 30 mingdan ortiq foydalanuvchi a'zo bo‘lgan. Selli bu blogni «mikroskopik shahar sarguzashtlari» deb ataydi.

Bir hujayrali organizmlar atrofimizdagi tuproq, suv, havo, hattoki inson organizmining ichida ham yashaydi. Bu mikroorganizmlar tabiatan ajoyib va ko‘zlarni hayron qoldiruvchi bo‘lib, ular arxitektor, quruvchi, sayohatchi, ovchi, parazit va o‘ljalar hisoblanishadi; ular o‘z urug‘lanish urf-odatlariga ega; jamiyat tuzishadi va yolg‘izlikda ham yashaydi.

Ular boshqa o‘simlik va hayvonlar kabi hayot tarzi, xulqi jihatdan murakkab sanaladi, biroq barcha narsani faqat birgina hujayra ichida amalga oshiradi. 

Pondlife — bu organizmlarni tirik mavjudot majmuasi sifatida qanday ekanligi odamlarga tushunarliroq bo‘lishiga urinishdir.