Light | 16:55 / 24.05.2016
16615
2 daqiqa o‘qiladi

Instagram foydalanuvchisi folloverlari ko‘z o‘ngida deyarli 100 kilogrammga ozdi

Yangi Zelandiyada yashovchi Simon Anders ismli ayol ikki yil davomida Instagram tarmog‘i orqali ozish jarayonini translyatsiya qildi - folloverlar ko‘z o‘ngida u 100 kilogrammga yaqin vazndan xalos bo‘ldi. Bu haqida Mashable nashri ma'lum qildi. 

Anderson o‘z loyihasini 23 yoshida boshlagan. U paytlar qiz 169 kilogramm vaznga ega bo‘lgan. Simon o‘zining yashash tarzini butkul o‘zgartirishga qaror qildi - xulq-atvoridan tortib to taomnomasigacha. 

Instagram tarmog‘ida eng mashhur surati - uning avvalgi va hozirgi suratlarini birlashtirgan rasmi hisoblanadi. Surat ostidagi izohlarda ba'zi odamlar qizni yolg‘onchilikda ayblab, bunday keskin o‘zgarishga ishonmasliklarini bildirishdi. 

Qiz 96 kilogrammga ozishga muvaffaq bo‘lgandan keyin uning folloverlari teridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun pul yig‘ishni tashkillashtirishdi. Buning natijasida Anderson terini torttirish hamda ko‘krak operatsiyasini amalga oshirishga yetarli mablag‘ga ega bo‘ldi.

Hozirgi vaqtga kelib Andersonning hayotini 141 ming folloverlar kuzatishmoqda. U ozish usullari haqida o‘z do‘stlarini xabardor qilib, sog‘lom turmush tarzining faol targ‘ibotchisiga aylanmoqda.