Jamiyat | 15:12 / 30.05.2016
31396
2 daqiqa o‘qiladi

Obid Asomov: Televideniyedagi faoliyatimni taqiqlaydigan hech qanday juz'iy ayb sodir etmaganman

Qiziqchi Obid Asomov ayni kunda muxlislarni qiziqtirgan savollardan biriga javob berib, nega televideniye orqali ko‘rinmay qolganiga izoh berdi. Shok.uz saytiga bergan intervyusida Obid Asomov ayni kunda o‘zi haqidagi tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritib, u haqidagi “Amerika, Rossiyada yashamoqda”, degan gap-so‘zlarni rad etdi

Qiziqchi intervyu davomida uning televideniyeda ko‘rinmay qolganligini televideniye rahbariga yoqmasligi bilan ifodalab, buning uchun hech qanday juz'iy xato qilmaganligini aytib o‘tdi. 

Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining u haqda yoritmayotganligi esa ularga noma'lum shaxs tomonidan bu borada buyruq bo‘lgan bo‘lishi mukinligini taxmin qildi. 

Obid Asomov suhbat davomida san'atkorni qayerda talab qilishsa, shu joyda xizmatda bo‘lishi,  Uni “O‘zbekiston” telekanali ko‘rsatmasa, “Rossiya” kanalida ko‘rinib turgani, qolaversa, ayni damda dunyo bo‘ylab sayohatda yurganligini ta'kidladi.