Jamiyat | 17:33 / 30.05.2016
4620
1 daqiqa o‘qiladi

O‘ta hissiyotli ekolog sayyorani asrab qolish istagida

Facebook foydalanuvchisi Elli Xoll  tarmoqqa 6 yoshli o‘g‘li Genrining biz yashayotgan sayyoradagi ekologik holatdan hissiy ta'sirga berilayotgani aks ettirilgan rolikni joyladi. Videoni 15 milliondan ortiq kishi tomosha qilgan.

A+ portalining xabar berishicha, Genri maktabda atrof-muhitni himoya qilish to‘g‘risidagi filmni tomosha qilgach, yer sharidagi ekologik falokat haqida bilib olgan. Bolakay yig‘lagan holda yovvoyi tabiat uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatuvchi o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi hamda chiqindi muammolari haqida so‘zlaydi. 

«Men hozirning o‘zidayoq katta bo‘la olmasligimdan afsuslanaman», — deydi bolakay qattiq xafa bo‘lgan holda.