Fan-texnika | 20:50 / 31.05.2016
6810
1 daqiqa o‘qiladi
3D printerda bosib chiqarilgan ilk mototsikl
Airbus aviaxoldingiga tegishli Germaniyaning APWorks kompaniyasi korpusi 3D printerda bosib chiqarilgan dunyodagi birinchi mototsiklni taqdim etdi.
APWorks mototsikli eng yangi nemis texnika vositalari bilan jihozlangan. Uning og‘irligi 40 kilogramm bo‘lib, elektromotor munosib uskunalarda bosib chiqarilgan futuristik korpus o‘rnatilgan.
Motosikl skleti uchun xomashyo sifatida Scalmalloy materialidan foydalanilgan bo‘lib, u alyuminiyli kukunga o‘xshaydi. 3D printerida qizdirish natijasida mustahkamligi va yengilligi bo‘yicha titandan qolishmaydigan materialga aylanadi. Moped elektromotori soatiga 100 kilometrgacha harakatlana oladi, batareya 70-80 kilometrli yo‘lga yetadi. Uning narxi 57 ming dollar atrofida.