Jahon | 16:18 / 01.06.2016
3961
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yil boshidan beri O‘rta Yer dengizida 2,5 mingdan ortiq muhojir cho‘kib ketgan

Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri migratsiya organlariga tayangan holda yozishicha, 2016 yil yanvaridan buyon O‘rta Yer dingizida 2,5 mingdan ortiq muhojir cho‘kib ketgan. Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan taqqoslaganda 35 foizga ko‘pdir. 

Nashrning qayd etishicha, Turkiya bilan muhojirlik kelishuviga qaramay qochqinlar Yevropaga yetib kelish uchun urinishlarga barham berayotgani yo‘q. 

BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha komissari Uilyam Shpindlerning fikricha, bu raqam ko‘tarilishda davom etadi. Ob-havo sharoitlari yaxshilanishi bilan tavakkal qiluvchilar soni ham oshadi. 

Bundan tashqari, uning aytishicha Liviyada muhojirlarni Yevropaga noqonuniy olib o‘tish bilan shug‘ullanuvchi guruhlar ham mavjud. Qochqinlar esa ko‘proq pul topish ilinjida hayotlarini xavf ostiga qo‘yishga ham rozi bo‘lishmoqda.