Jamiyat | 20:44 / 01.06.2016
18281
1 daqiqa o‘qiladi

Tarmoqda hayvonot bog‘idagi gorillaning otib tashlanishidan oldingi video paydo bo‘ldi

Ohayo shtatidagi hayvonot bog‘ida gorillaning otib tashlangani ko‘plab hayvon huquqlari himoyachilarining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. 17 yoshli Xarambe laqabli gorilla 4 yoshli bolakay uning qafasiga tushib ketgani uchun otib tashlangan edi.

Tarmoqlarda gorilla bolakayning qo‘lidan ushlab turgani tasvirlangan video tarqalgan.

Hozirda bu video gorillani otib tashlagan hayvonot bog‘i xodimlari hamda bolaga e'tibor bilan qaramagan ota-onaga qarshi norozilik chiqishlarini yanada kuchaytirgan. 

Videoda gorilla bolakayning qo‘lidan ushlaganini ko‘rish mumkin.

"Balki bu bilan Xarambe yosh do‘stini odamlar to‘dasidan himoya qilishga uringandar", degan taxminlar bildirilmoqda.