Jahon | 16:55 / 02.06.2016
9521
1 daqiqa o‘qiladi
Putin "Roditelskaya slava" ordenini topshirish marosimida yig‘layotgan qizni tinchlantirishga harakat qildi
Kremlda 1 iyun - Bolalarni himoya qilish kuniga hamda "Roditelskaya slava" ordenini topshirishga bag‘ishlangan qabul chog‘ida Tulsk viloyatidan kelgan 4 yoshli Yana Kuleshova sahnaga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning yoniga chiqib, yig‘lab yubordi. Bu haqidagi syujyetni Russia Today kanali ma'lum qildi.
Putin qizchani tinchlantirishga qaror qildi. U qizning yoniga o‘tirib, uning yuzidan silab qo‘ydi, lekin qizcha yig‘lashdan to‘xtamadi. Shundan so‘ng Putin uni kameralar bilan chalg‘itishga urinib ko‘rdi, ammo qiz baribir tinchlanmadi.