Light | 22:53 / 02.06.2016
9444
1 daqiqa o‘qiladi

O‘g‘rilikdan himoya qilingan qulfli hamyon ishlab chiqarildi

Code Wallet – bu qulay va ishonchli hamyon-seyf bo‘lib, u pul va buyumlarni atrofdagilar hujumidan himoya qiladi. Hamyon uchta belgili kod orqali berkiladi. U RFID bilan tunashdan, kontaktsiz skimming va magnitsizlantirishdan himoyalangan, Bluetooth 4.0 orqali kuzatuv tizimi ham mavjud. Code Wallet mustahkam alyuminiydan slim formatidagi quti ko‘rinishida tayyorlangan. Maxsus rux qotishmasidan yasalgan qulf va kod faoliyatning har qanday sharoitida maksimal ishonchlikni ta'minlab bera oladi. Hamyon ichida 7ta cho‘ntak bo‘lib, ularga 12ta kredit kartalari, 50tagacha pul birliklari, shuningdek, kalit yoki tabletka kabi kichik buyumlar sig‘a oladi. Uning o‘lchami 10.8x9.5x2.2 sm, og‘irligi esa 125 grammni tashkil etadi. Kickstarter’da Code Wallet hamyonini 79 yevroga sotib olish mumkin.