Audi yangi avlod A5 kupesini namoyish etdi
Audi kompaniyasi Ingolshtadtdagi yopiq anjumanida ikkinchi avlod A5 kupesi hamda uning S5 sport versiyasini taqdim etdi. Uning tashqi ko‘rinishi, bir qarashda A4ning so‘nggi modeliga o‘xshab ketadi. Avtomobil, keng ommaga oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Parij motor shousida namoyish etiladi. Audi A5 va S5 shu yilning kuzidan boshlab sotuvga chiqariladi.
Garchi tashqi ko‘rinish jihatidan unchalik ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, uning texnik xususiyatlari borasida bunday deyish noto‘g‘ri bo‘lar edi. A5 MLB modifikatsiyalangan platforma negizida barpo etiladi, uning konstruksiyasida yengil metall va qotishmalardan foydalanilgani bois, avvalgisidan 60 kg yengilroq bo‘lgan.
Mashina Yevropa bozorida besh xil dvigatel bilan taklif etiladi. Bular, ikkita TFSI benzinli, 3ta TDI turbodizelli dvigatellaridir.