Light | 19:31 / 04.06.2016
26291
3 daqiqa o‘qiladi

Aqldan ozdiruvchi va biroz kulgili hashamat

Dubay haqida odatda biroz xo‘rsinib, go‘yoki u sir va mo‘jizalarga to‘la ertaknamo joydek gapirishadi. Birlashgan Arab Amirligining eng ko‘p aholi yashovchi Dubay shahri Yaqin Sharqning yirik biznes markazi hisoblanadi, Shu bois u qo‘shni shaharlarga qaraganda ancha badavlat va hashamatli. 

Aqldan ozdiruvchi boylik - bolalar uchun ertaklar, Dubayda esa "g‘alati millionerlar" deyarli har burchakda uchraydi.

Mana bu bog‘larga bir qarang! Hoynahoy, ular egasi istaganidek ko‘rkam bo‘lishi uchun bir rota landshaft dizaynerlari ter to‘kishgan.

Uy mushukchasida sayr.

Tuyalarda to‘siqli poygalar.

Bu mashina sohibini politsiya to‘xtatishi amri mahol

Toshbaqalardan yasalgan minora.

Qirol tuya.

Egizak opa-singillar uchun kuyov qidirib  yozilgan gazetadagi e'lon. Unda yozilishicha, ulardan biri - biotexnolog, Keraldagi kollejda professor assistenti bo‘lib ishlaydi, ikkinchisi esa - Bangalor markazidagi Davlat tadqiqot markazida katta ilmiy xodim. E'lonning tagida shunday yozuv qoldirilgan: qizlarning ota-onasi Keralda yaxshi joylashib olishgan, ularning Dubayda o‘z biznesi bor.

Mana buni "Mersedes" desa bo‘ladi!

Balandlikdagi tennis korti. Qiziq, ularning to‘pi qanchalik ko‘p tashqariga uchib turarkin?

Bu yerda esa to‘plarning uchmasligi aniq, ular faqat suzishi mumkin. Bunday kortda o‘ynash uchun tennisni o‘rgansa arziydi.

Mana bu tovlanib turgan avtomobilga esa izohning hojati yo‘q!

Oddiy kontsept-kar tungi shaharda sayr qilyapti, xolos. 

Evakuator o‘z o‘rnida xizmat ko‘rsatmoqda. 

Qarayman deb bo‘yningiz qiyshayib qolmasin!

Mushuklar - hajmi katta bo‘lsa ham mushuk hisoblanadi. Dubayda maydalashishni yoqtirishmaydi. 

Akvarium bo‘lsa, shunday bo‘lsin-da!

Jakuzi? Faqat atrofida go‘zal manzara bo‘lsin!

Tirband ko‘chalar sportkarlardan iborat bo‘lsa, ularning tirbandligi ham ko‘zga ko‘rinmaydi.

Bu kambag‘allar uchun yeguliklar saqlanadigan muzlatgich. Bu yerda ishsiz qolgan yoki  o‘ziga yegulik sotib olishga qodir bo‘lmagan kishilarga muzlatgichdagi mahsulotlardan birini olishi mumkinligi haqida yozilgan. 

Dubaycha "tyuning"

Dubayda "skaydayving"

Xullas, ertak-shahar, orzu-shahar.