Fan-texnika | 23:36 / 08.06.2016
5865
2 daqiqa o‘qiladi

 iPhone'da Android OT ishlaydigan maxsus g‘ilof yaratildi

Dasturchi Nik Li iPhone ekranida Android mobil operatsion tizimi interfeysini ko‘rish imkonini beruvchi g‘ilof yaratdi. Bu haqida u o‘zi ishlaydigan Tendigi studiyasi blogida yozdi

Tizim g‘ilofga o‘rnatilgan kompyuterda ishlaydi. iPhone’ga esa onlayn rejimida Android qobiqdagi tasvirlar oqimi to‘xtovsiz uzatiladi.

Li o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun yagona boshqaruvli Android Marshmallow 6.0.1 OTga ega Lemaker HiKeu kompyuteridan foydalandi. 
Bundan tashqari, dasturchi smartfonlar va kompyuterlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni amalga oshirish uchun Android Open Source Project bazasida dasturiy ta'minotning maxsus versiyasini yaratdi.

Shuningdek, qurilmada Wi-Fi va Bluetooth-moduli hamda iPhone’da ma'lumotlar uzatishni ta'minlash uchun USB 2.0 porti o‘rnatilgan.
Barcha ichki xususiyatlarni Li 3D printerida chop etilgan g‘ilofiga joylashtirdi. G‘ilof iPhone’ga simlar orqali ulanadi.