O‘zbekiston | 10:55 / 08.06.2016
23479
3 daqiqa o‘qiladi

“Profi Education” o‘quvchisi matematika bo‘yicha Respublika olimpiadasida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

“Profi Education” o‘quv markazining yana bir o‘quvchisi Muhammadqulov Firdavs Erkinjon o‘g‘li Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egalladi va imtihonsiz o‘zi tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha Oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bu o‘quvchi to‘qqiz oy davomida yakshanba kunlari “Profi Education” o‘qituvchilaridan bevosita ta'lim oldi, qolgan kunlari esa “Profi Education”ning web-sayti itest.uz orqali masofaviy ta'lim oldi. Firdavs kelgusida o‘qishini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro iqtisodiy aloqalar fakultetida davom ettirishni mo‘ljallamoqda.

“Profi Education” jamoasi Firdavsga kelgusidagi ishlarida zafar yor bo‘lishini tilab qoladi. 

Farzandlarning mana shunday yutuqlarini ko‘rar ekanmiz, beixtiyor O‘zbekiston prezidenti I. A. Karimovning mana bu so‘zlari yodimizga tushadi: “Bilasizmi, men ba'zan o‘ylab qolaman, dunyoda fanlar ko‘p, ilm-fanning ajoyib yutuqlarini barcha sohalarda ko‘rish mumkin. Men bunday mashaqqatli mehnatdan doimo hayratga tushaman. Bizning xalqimizda “Ilm bilan shug‘ullanish – igna bilan quduq qazish bilan barobar” degan maqol bor. Ana shu igna bilan quduq qaziyotganlar bor bo‘lsin! Ular qo‘lyozmalar ustida 10-20 yillab va hatto umrbod ishlayotgan insonlardir. Bunday sabr-toqat bilan mehnat qilayotgan insonlar qalbida buyuk daholar merosini butun dunyoga namoyon etish istagi shunchalik kuchliki, hech shubhasiz, bunday daholarsiz insoniyat ravnaq topa olmaydi.” 

O‘zbekiston - allomalarning yurtidir. Mustaqillik sabab yurtimizda ham dunyo ilm-fan beshigini tebratgan allomalarga munosib izdoshlar ko‘payib bormoqda. Bularning barchasi vatan tinchligi, farovonligi tufayli bo‘lmoqda. Mustaqillikning 25-yilligi barchamizga muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Hurmat bilan “Profi Education” jamoasi

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. «Profi Education» NTM xizmat ko‘rsatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid