Amerika Kubogi: Qo‘shimcha vaqtda urilgan penalti Chiliga Boliviya ustidan g‘alaba keltirdi
Amerika Kubogining guruh bosqichida Chili Boliviyani yengdi va bu jamoaning turnirni keyingi bosqichda davom ettirish imkoniyatidan butunlay mahrum etdi. O‘yinning 46-daqiqasida Arturo Vidal turnirning amaldagi chempionlarini oldinga olib chiqdi. Lekin 61-daqiqada Jasmani Kampos hisobni tenglashtirdi.
O‘yin hakami esa o‘yinga 8 daqiqa qo‘shib berdi va Kampos o‘yinning antiqahramoniga aylandi. Hakam 98-daqiqada u to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan deb hisobladi va 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Nuqtaga yaqinlashgan Vidal o‘z imkoniyatidan aniq foydalandi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu g‘alabadan keyin Chili guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan. Argentina Panamani yengib, guruh masalasini hal qilgan.
Amerika kubogi, "D" guruhi, 2-tur
Chili – Boliviya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 46 Vidal, 1:1 – 61 Kampos, 2:1 – 90, penalti Vidal.
Chili – Bravo, Isla (Fuensalida, 76), Medel, Xara, Bosejur, Vidal, Ernandes, Arangis, Sanches, Pinilya (Vargas, 58), Orelyana (Puch, 68).
Boliviya – Lampe, Saavedra, Egino, Senteno, Guterres, Bexarano, Arse (Ramalo, 54), Melean, Kastro (Kampos, 58), Smedberg-Dalense, Duk (Veysaga, 82).
Ogohlantirishlar: Egino (4), Kampos (77), Ernandes (79), Guterres (90), Veysaga (90).