Jahon | 14:37 / 13.06.2016
9426
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh atom suvosti kemasi Janubiy Koreya portiga kirdi

Amerikaning Mississippi ko‘p maqsadli atom suvosti kemasi, Osiyo mintaqasi bo‘ylab safari doirasida Janubiy Koreyaning Pusan shahri portiga kirdi, deb xabar qilmoqda «Renhap» agentligi Amerika harbiylariga tayangan holda. 

Virginia toifasidagi suvosti kemasi AQSh floti tarkibidagi eng yangilaridan biridir. Kema 2012 yil iyunida turli xil missiyalarda ishtirok eta boshlagan. 

«141 nafar dengizchidan iborat ekipajga ega Mississippi qator vazifalarni bajara olishi bilan suv osti flotining so‘nggi yutuqlarini namoyish etadi», — deyiladi AQSh suv osti kemalari 7-guruhi axborotida. 

Mississippi’ning Pusanga kirishi «AQSh va Koreya Respublikasi ikki tomonlama munosabatlarini kuchaytirish va kengaytirish, ikki davlat harbiy dengiz kuchlarining o‘zaro harakatlarini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan».