Light | 18:27 / 13.06.2016
13062
1 daqiqa o‘qiladi
Hindistonda mast erkak sherlar bilan ko‘rishish uchun ularning qafasiga tushdi
Hindistonning Haydarobod shahri hayvonot bog‘ida g‘aroyib voqea yuz berdi. 35 yoshli erkak sherlar saqlanadigan qafasga kirib olishga muvaffaq bo‘lgan. Hodisa may oyi oxirlarida bo‘lganiga qaramay, voqea aks etgan video internet tarmog‘iga qo‘yilganidan ikki haftalar o‘tib, ommalasha boshlagan.
Complex’ning yozishicha, hayvonot bog‘i xodimlari, erkak kishini to‘siqdan sakrab o‘tishidan ushlab qolishga ulgurishmagan. So‘ngra u ariqchadan suzib o‘tib, sherlarning yonida paydo bo‘lgan. Ammo vahshiy hayvonlar unga yaqinlashmagan.
Xabar qilinishicha, erkak kishi juda mast bo‘lgan. Keyinchalik u shunchaki sherlar bilan ko‘rishmoqchi bo‘lganini aytgan.